Toshkentdagi oshxonalardan birida yongʻin yuz berdi

10:00 04 Noyabr 2025 Jamiyat
226 0

Foto: FVV

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan oshxonalardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-noyabr kuni soat 01:26 da Chilonzor tumanining Qatortol koʻchasida joylashgan tez ovqat tayyorlash shoxobchasi binosida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, soat 01:45 da yongʻinni qurshab olgan va 01:48 da toʻliq oʻchirgan.

Bildirilishicha, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?