Toshkentdagi koʻchalardan biri vaqtincha yopildi
Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻchalardan biri 3 kunga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasi kapital taʼmirlanmoqda va zamonaviy infratuzilmaga ega turizm koʻchasiga aylantirilmoqda.
Qurilish ishlarini jadallashtirish maqsadida Sodiq Azimov va “Oʻzbekiston ovozi” koʻchalari kesishmasida bugun, 2-iyul soat 12:00 dan 5-iyul soat 08:00 gacha avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Ushbu kesishmadan oʻtuvchi 60-sonli avtobus yoʻnalishi harakati borishda ham, qaytishda ham Shahrisabz koʻchasi orqali tashkil etiladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va barcha haydovchi hamda yoʻlovchilardan vaqtincha cheklovlarga tushunish bilan yondashishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring