Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi
Toshkent shahridagi ikkita koʻchada harakat 19 kunga cheklanadi, deb xabar bermoqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”.
Qayd etilishicha, poytaxtning Shayxontohur tumani isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab 110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari davom etmoqda.
Mazkur ishlar maʼlum hududda yoʻl qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi. Shu sababli, joriy yilning 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabr kuniga qadar:
- Furqat koʻchasining Beshyogʻoch maydonidan Seul koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalishi;
- Beshyogʻoch koʻchasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov koʻchalari kesishmalari oraligʻidagi qismida ikki tomonlama yoʻnalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.

“Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz. Koʻrsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring