Toshkentdagi “Harbiy qabriston” hududi obodonlashtirildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashmoqda. Xalqimiz mazkur sanani munosib nishonlash, bayram tadbirlarini sifatli o‘tkazish borasidagi sa’y-harakatlarni allaqachon boshlab yuborgan.
Respublikamiz fuqarolari, xususan, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlarida faollik va jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Poytaxtimizdagi “Harbiy qabriston” majmuasida Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan hashar ham shunday tadbirlardan biridir.
– Mudofaa vazirligi tashabbusi sabab, majmua hududi obodonlashtirilmoqda, – deydi Yakkasaroy tumani qabristonlar uchastka boshlig‘i Sanjar Imomnazarov. – Bir guruh harbiy xizmatchilar turli daraxtlarga ishlov berish va oqlashdi, hududni o‘t-o‘lanlardan tozalashdi.
Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, bu kabi tadbirlar bir kunlik emas. Xayrli ishlar davom ettiriladi..
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring