Toshkentdagi bogʻchada tarbiyachi bolani stulga skotchlab qoʻydi

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi xususiy bogʻchalardan birida tarbiyachi yosh bolani stulga ckotchlab qoʻygani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 21-fevral kuni Yunusobod tumanida joylashgan “First Daycare” xususiy bogʻchasida sodir boʻlgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videolavhada bogʻcha tarbiyachisi S.A. va uning yordamchisi X.M. tarbiyalanuvchilardan birini ovqat yemagani uchun stulga skotchlab qoʻyganini koʻrish mumkin.
Ushbu voqeadan soʻng, mazkur xususiy bogʻcha maʼmuriyati tarbiyachilar S.A. va X.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ularni ishdan boʻshatgan.
“Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan tuman prokuraturasi hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring