Toshkentda jangovar oʻqlarni pullamoqchi boʻlgan sobiq harbiy ushlandi
Videodan kadr
Toshkent shahrida jangovar oʻqlarni sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, poytaxtning Chilonzor tumanida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida 2001-yilda tugʻilgan shaxs xaridorga 1,3 ming dollar evaziga kalibri 5x45 millimetr boʻlgan 22 dona jangovar oʻqlarni sotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Aniqlanishicha, mazkur fuqaro muqaddam Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismda portlatuvchi-haydovchi boʻlib ishlagan. Olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida maʼlum boʻlishicha, u oʻq-dorilarni avval oʻzi bilan ishlagan harbiy xodimdan 10 million soʻm pulga sotib olgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring