Toshkentda Jahon chempionati kubogi taqdimoti oʻtkazildi
Foto: MOQ
Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida futbol boʻyicha Jahon chempionati kubogining tantanali taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, futbol jamoatchiligi va koʻp sonli muxlislar ishtirok etgan. Shuningdek, 2006-yilgi Jahon chempioni, italiyalik Marko Materassi ham taqdimotda qatnashgan.
Maʼlumki, Jahon chempionati kubogi anʼanaga muvofiq har mundial yili jahon turi doirasida koʻplab mamlakatlarga olib boriladi. “Coca-Cola” bilan hamkorlikda yaratilgan “The Original Trophy Is Here” degan imzoga ega samolyot 2026-yilgi Jahon chempionati kubogi rasmiy turida ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 3-yanvar kuni Saudiya Arabistonidan boshlangan tur 75 ta joyni qamrab oladi. Samolyot shu kungacha Vena, Seul, Tokio, Nyachang va Kuala-Lumpur kabi Yevropa va Osiyoning oʻnlab shaharlarida boʻldi.
Mazkur tur 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati boshlanishigacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring