Toshkentda yongʻin sabab davlat xizmatlarini koʻrsatishda uzilishlar yuzaga keldi
Foto: Videodan kadr
Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan oʻtgan yer osti kabellarida yongʻin holati kuzatilgani sababli Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar boʻlmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinboyeva maʼlum qildi.
“Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda”, deydi u.
Poytaxt IIBB ham bugun, 10-iyun kuni ayrim turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatishda uzilishlarni yuzaga kelayotganini bildirdi.
Unga koʻra, “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da texnik profilaktik ishlar olib borilayotgani sababli shahar YHXB “Maʼmuriy amaliyot” hamda “Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida uzilishlar kuzatilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar IIBB MvaFRBning quyidagi tizimlarida:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasida doim yashovchi chet el fuqarolariga identifikatsiya ID karta berish;
- fuqarolarni hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolarini doim yashash manzili boʻyicha roʻyxatga olish;
- vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash manzili hamda vaqtincha turgan manzili boʻyicha roʻyxatga olishda uzilishlar kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring