Nomingizga kredit olib qoʻyishlaridan qanday himoyalanish mumkin? (+videoqoʻllanma)
Soʻnggi paytlarda fuqarolar nomiga ularning roziligisiz kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda. Toshkent viloyati IIBB bunday holatdan qanday himoyalanish haqida maʼlumot berdi.
Buning uchun “MyGov” ilovasida maxsus xizmat joriy etilgan boʻlib, ushbu xizmat quyidagi tartibda faollashtiriladi:
- “Google Play” yoki “App Store” orqali “MyGov” ilovasini yuklab olasiz;
- “MyID” orqali pasport raqamingiz va tugʻilgan sanangizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz;
- «Kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyish xizmatini tanlab uni faollashtirasiz;
- Siz faollashtirgan taqiq haqidagi maʼlumotlar “Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri”ga kiritiladi.
Shu reyestr asosida banklar va moliyaviy tashkilotlar nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi, firibgarlar uchun yoʻl butunlay yopiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring