Toshkentda Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

11:56 08 Sentyabr 2020 Siyosat
1522 0

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-may kuni Toshkent shahri Sergeli tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq kiritilgan ushbu masala mazkur hududda yagona boshqaruvni yoʻlga qoʻygan holda, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.

Oʻzgarishlarga koʻra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, yaʼni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyoʻl tumanidan 264,4 gektar va Oʻrtachirchiq tumanidan 1 403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер