Toshkentda yana bir nufuzli sport musobaqasi oʻtkaziladi
Shu yilning 4-18-dekabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkaziladi. Musobaqa “Yunusobod” sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Butun dunyoda hamon pandemik vaziyat hukm surayotgan boʻlishiga qaramay, Toshkentda oʻtadigan ushbu jahon chempionatiga sayyoramizdagi 90dan ortiq davlatdan jami 480 nafar atletlar (shundan 190 nafari ayollar) 20 ta vazn toifasida 60ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi. Umumiy hisobda, jahon chempionatiga rasmiy delegatsiya vakillari, hakamlar, sport jamoalarining shifokorlari va boshqa mutaxassislarni qoʻshib hisoblaganda qariyb ming nafarga yaqin xorijlik mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 7-dekabr kuni soat 16:00da “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning ishtirok etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring