Toshkentda voleybol boʻyicha U-16 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda

10:39 24 Iyul 2023 Sport
425 0

Yigitlar oʻrtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada bugun guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi.

Hamyurtlarimiz ilk uchrashuvni Gonkong jamoasiga qarshi oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qayd etish joiz, jamoamiz ishtirok etayotgan “A” guruhidan 3 ta jamoa oʻrin olgan. Bugun voleybolchilarimiz guruh peshqadamligi uchun soʻnggi turda qozogʻistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishadi.

Oʻyinlar “Yunusobod sport majmuasi” hamda “Universal” arenalarida oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?