Toshkentda universitet talabasi janjal tufayli vafot etdi
25-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin universiteti yaqinida talabalar oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻldi.
Olingan maʼlumotlarga koʻra, ikki nafar talaba oʻzaro janjallashib, shundan soʻng ular universitet darvozasi yonida urishishgan. Jang chogʻida ulardan birining oʻrtogʻi ikkinchi talabaning yuziga qoʻli bilan musht tushirgan, shundan 18 yoshli yigit yerga yiqilib vafot etgan.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi talabalar oʻrtasida rostdan ham janjal kelib chiqqanini, natijada 18 yoshli yigit Turin universiteti talabasi olgan jarohatlaridan vafot etganini maʼlum qildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi “D” bandi 3-qismi (Jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan badanga qasddan ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan.
Ushbu modda sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring