Toshkentda uyida psixotrop moddalar saqlagan ayol va uning sherigi ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahar Yangihayot tumanida koʻp miqdorda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yashash xonadonida saqlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi, 1977-yil Navoiy viloyatida tugʻilgan F.M. (ayol) oʻz yashash manzilida noqonuniy ravishda Fargʻona vodiysidan olib kelingan katta miqdordagi psixotrop moddalar saqlayotgani toʻgʻrisida tezkor maʼlumotlar olingan.
Soʻngra ushbu fuqaro va uning jinoiy aloqalarini qoʻlga olish boʻyicha DXX Chegara qoʻshinlari, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Xolislar ishtirokida F.M.ning yashash xonadonidan 3000 dona ozish uchun moʻljallangan, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari hamda tegishli hujjatlari boʻlmagan 1,1 mlrd soʻmlik TMB olingan.
F.M. bilan oʻtkazilgan dastlabki soʻrovda 1986-yil Namangan viloyatida tugʻilgan mahalladoshi fuqaro D.X.ning yashash xonadonida ham katta miqdordagi psixotrop moddalar borligi haqida koʻrsatma olindi. Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, D.X.ning yashash xonadoni ham koʻzdan kechirilgan.
Natijada, 17060 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori-vositalari hamda 400 mln soʻmlik 2973 dona tegishli sifat sertifikatiga ega boʻlmagan dori-darmonlar borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda har ikki fuqaroning mazkur psixotrop moddalar va boshqa TMBlarni kimdan olganligi, bunga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda jinoyat mexanizmini toʻliq ochish yuzasidan hamkorlikdagi tadbirlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring