Toshkentda tez yordam mashinasi nosoz holda harakatlandi

18:46 27 Sentyabr 2024 Jamiyat
442 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda tez tibbiy yordam avtomashinasi nosoz holda harakatlanib ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 23-sentyabr kuni ertalab soat 05:21 da poytaxtning Doʻmbirobod va Farhod koʻchalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyaga tegishli “Ford” rusumli tez tibbiy yordam mashinasining amortizatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgan.

“Bu paytda avtomashina tezligi soatiga 40 km. atrofida boʻlib, uning ichida faqatgina haydovchi boʻlgan. Shundan soʻng avtoulov darhol Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali avtokorxonasiga olib kelinib, nosozlik toʻliq bartaraf etilgan”, deyiladi munosabatda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda ushbu avtomashina soz holatda faoliyat koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер