Toshkentda tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilishga bagʻishlangan xalqaro forum boʻlib oʻtdi

20:29 04 Iyul 2022 Iqtisodiyot
1684 0

Foto: Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Oʻzbekistonda xususiy sektor vakillarining huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoyasini taʼminlash boʻyicha kompleks yondashuvni amaliyotga tatbiq etish faol amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan institutsional va tarkibiy islohotlar tufayli tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ular faoliyatidagi toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etishning qator mexanizmlari yaratildi.

Biznes-ombudsman devoni, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Oʻzbekistondagi Missiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu Forum maydonida jami 500 ga yaqin, shu jumladan 350 ga yaqin onlayn formatda, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu forum Oʻzbekistonda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishning amaldagi mexanizmlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish sohasidagi islohotlar, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini jadal rivojlanishida huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning oʻrni, shuningdek, biznesga boʻlgan bosimni kamaytirish usullarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Foto: Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati

Shuningdek, davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha aralashuvining oldini olishda qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi”ni joriy etish, tadbirkorlar oʻrtasidagi nizolarni sud tartibida hal etish samaradorligini oshirish, shuningdek, nizolarni muqobil usulda koʻrib chiqish amaliyoti muhokama qilindi.

Forumning ikkinchi qismida davlat nazoratini tashkil etish sohasidagi qonunchilikdagi konseptual yangiliklarni har tomonlama koʻrib chiqish, xususan, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va rejalashtirilgan tadbirlar haqida soʻz bordi.

Ushbu qismda, tadbirkorlik sohasidagi davlat nazorati bilan bogʻliq katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir natijasi boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va texnik koʻmak koʻrsatish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?