Toshkentda “Spark” bilan toʻqnashgan “Epica” yonib ketdi

09:56 07 May 2025 Jamiyat
118 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumani hududida “Epica” hamda “Spark” rusumli avtomobillar YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, kecha, 6-may kuni soat 23:56 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Toshkent xalqa avtomobil yoʻli koʻchasida, “Epica” va “Spark” rusumli avtomobillar yoʻl transport hodisasi sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida “Epica” rusumli avtomobilda yongʻin kelib chiqqan.

Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatga asosan, yongʻin-qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 00:06 da yetib borgan hamda soat 00:08 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, YTH hamda yongʻin oqibatida hech kim jabrlanganmagan. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер