Toshkentda sodir boʻlgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida BYD va “Equinox” avtomobillari toʻqnashuvi oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 11-dekabr kuni soat 20:20 larda Shayxontohur tumani Koʻkcha darvoza koʻchasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida sodir boʻlgan. 1988-yilda tugʻilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006-yilda tugʻilgan A.X. boshqaruvidagi “Equinox” toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida 18 yoshli haydovchi A.X. shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish odam oʻlishiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring