Toshkentda “Save Aral” xayriya aksiyasi munosabati bilan 4 ming nafar qatnashuvchi yugurishda bellashdi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkentda “Save Aral” xayriya aksiyasining joriy yilgi uchinchi ommaviy yugurishi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekneftgaz” AJ koʻmagida Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Shuni taʼkidlash kerak, “Save Aral” – “Orolni qutqaramiz” shiori ostida oʻtkazilayotgan ommaviy xayriya poygasi XX asrning global ekologik ofatlaridan biri boʻlmish Orol dengizi qurishiga jamoatchilikning eʼtiborini qaratish, barqaror va xavfsiz ekologik muhitni yaratish uchun Orolboʻyi hududini tiklash chora-tadbirlarini faollashtirish hamda aholining turli qatlamlari orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
Yoshi va jinsidan qatʼi nazar, salomatligida jiddiy muammolari boʻlmagan barcha yurtdoshlarimiz “Save Aral – 2022” poygasida qatnashishlari mumkin. Shuning uchunmi, Toshkent shahrida tashkil etilgan “Save Aral” ommaviy xayriya tadbirining uchinchi yugurishida har qachongidan koʻp, qariyb 4 ming nafar aholi vakillari qamrab olindi. Ular 3 ming metr masofani bosib oʻtishdi.

Ushbu ommaviy yugurish tadbirlarida ilk marotaba matonatli va jasoratli yigit-qizlar – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining sportchi yoshlari ham (jami 56 nafar) oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishdi. Har galgidek Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji sportchi-oʻquvchilari ham tadbirda faol qatnashdi, ular 350 nafarni tashkil etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring