Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan ikki bolani tok urdi
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Chuqursoy” temiryoʻl stansiyasida poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan ikki nafar bolani tok urdi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.
Bolalardan biri yerdan taxminan 1 metr balandlikka koʻtarilganida katta kuchlanishdagi tok sabab portlash sodir boʻlgan. Alangadan kuygan bola vagon chetidagi zinaga osilib qolgan.
Ikkala bolaga ham birinchi yordam koʻrsatilib, respublika shoshilinch tibbiy yordam boʻlimining Kombutsiologiya boʻlimiga olib kelingan.
Shifokor bemorlar 12 va 13 yoshda boʻlganini maʼlum qildi. Ulardan birining ahvoli qoniqarli boʻlganligi uchun uyga javob berilgan, boshqa bola esa 50 foiz kuyish jarohatini olgan.
“Oʻtkazilgan davo muolajalaridan soʻng umumiy ahvoli yaxshilandi”, degan shifokor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring