Toshkentda oʻzganing bank kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

19:21 15 Iyun 2024 Iqtisodiyot
354 0

Toshkent shahrida 28 yoshli ayolning bank kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, poytaxtda yashovchi 28 yoshli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etgani aniqlangan.

Unga koʻra, X.R. jabrlanuvchi N.A.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini «Click« xizmati xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum boʻlayotganligini aytib, SMS xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritib, 110 mln. soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olganligi maʼlum boʻldi.

Aniqlik kiritilishicha, mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер