Toshkentda Oʻzbekiston — Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi oʻz ishini boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusiga bagʻishlandi.
Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va taʼlim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi Oʻzbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, taʼlim sifatini taʼminlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari boʻyicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari boʻyicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar koʻrib chiqilmoqda.
Forum yakunida oliy taʼlim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yoʻl xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring