Toshkentda “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

14:01 01 Avgust 2022 Siyosat
1239 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yil 2-avgust kuni Toshkent shahrida “Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda uch mamlakatning tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun masʼul boʻlgan vazirliklari rahbarlari ishtirok etadilar.

Tomonlar Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Turkiya oʻrtasidagi mintaqaviy va xalqaro siyosat, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport sohalaridagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Uchrashuv davomida mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.

Tadbir yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?