Toshkentda oʻquvchilardan sinf fondiga majburiy pul yigʻgan oʻqituvchi ishdan boʻshatildi

14:11 22 Aprel 2024 Jamiyat
344 0

Yaqinda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 257-maktabda oʻquvchilardan maktab fondiga majburiy pul (har biri 25 ming soʻmdan) yigʻilgani haqida xabar tarqalgan edi.

Toshkent shahar maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holatga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ishchi guruh tomonidan umumtaʼlim muassasasida tekshirish ishlari tashkil etilgan.

“Yunusobod tumanidagi 257-maktab oʻqituvchisi N.N. noqonuniy xatti-harakatni sodir etganligi sababli maktab maʼmuriyati u bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan. Oʻqituvchi ishdan boʻshatilganligini bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер