Toshkentda noqonuniy qurol saqlash holatlari aniqlandi
DXX xodimlari tomonidan Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro shahrida tugʻilgan bir nechta shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 51 yoshli shaxsning Buxoro shahridagi yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, uyning tom qismiga yashirib qoʻyilgan 3 dona Makarov pistoleti va 21 dona patroni, 1 dona TT pistoleti va 5 dona patroni hamda 1 dona tovushni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs jinoiy sheriklari bilan birgalikda, ushbu qurollarni va oʻq-dorilarni muqaddam Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelishgan.
Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga koʻra, qurollar va oʻq-dorilar jangovar holatda boʻlib, foydalanishga yaroqli hisoblanadi.
Bundan tashqari, ulardan birining xonadonidan qirqma holatiga keltirilgan va tegishli hujjatlari boʻlmagan 2 dona ov miltigʻi hamda 6 dona oʻq-dori tegishli tartibda olindi.
Hozirda Jinoyat Kodeksining 246 (Kontrabanda) va 248-moddalari (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring