Toshkentda Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
Illyustrativ foto
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga noqonuniy ravishda harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat avtomashinasida undan 600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridan birining direktori yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbaridan uning o‘quv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnashish holatini monitoring qilmaslik va MCHJ faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 300 AQSH dollari talab qilib, muqaddam 2 mln. so‘m olgan.DXX xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 1,4 mln. so‘mni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring