Toshkentda mintaqaviy forum oʻz ishini boshladi
Poytaxtimizda MDH, Boltiqboʻyi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokidagi mintaqaviy forum oʻz ishini boshladi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvohidov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri A. Abduhakimov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O. Umarov, R. Shoabdurahmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston MOQ rahbariyati, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalar mutasaddilari ishtirok etmoqda.
Forumni Aziz Abduhakimov ochib, mehmonlarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, Prezidentimizning sogʻlom turmush tarzi targʻiboti, jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan eʼtibori xususida batafsil maʼlumot berdi.
Shundan soʻng forum koordinatori, Rossiya Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi oʻrinbosari, xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi
Tadbirning ochilish qismida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti O. Umarov, Oʻzbekiston MOQ rahbari R. Shoabdurahmonov mamlakatimizning sport sohasida erishayotgan yutuqlari, davlatimiz tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash uchun qaratilayotgan eʼtibor, atletlarimizning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari, “Toshkent — 2025” yoshlar Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun tashlangan dastlabki qadam va boshqa bir qator masalalar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Forumda bir qator takliflar ham ilgari surildi. Хususan, xalqaro toifadagi hakamlar va referilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy sport va taʼlim metodikalari, innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda murabbiylar, menejerlar, sport tahlilchilari va boshqa mutaxassislarni birgalikda tayyorlash, terma jamoalar uchun qoʻshma xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish, keyin esa turli turnir va musobaqalarni oʻtkazish, sport tibbiyotini rivojlantirish, xususan, sport shifokorlarining malakasini oshirish boʻyicha tajriba almashish, sport farmakologiyasini rivojlantirish, sportchilar uchun taqiqlanmagan dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish yoʻnalishidagi hamkorlikni faol rivojlantirish shular jumlasidandir.
Bu taklif forum qatnashchilari tomonidan maʼqullandi va kelgusida oʻzaro malakali kadrlarning oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dastur ishlab chiqilish haqida kelishib olindi.
Forum mehmonlari Toshkent mazkur tadbirga ilk bor mezbonlik qilayotgan boʻlsa-da, uning yuqori saviyada tashkil etilayotganini alohida eʼtirof etishdi.
Forum davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring