Toshkentda mast haydovchi tufayli 5 ta avtomobil toʻqnashdi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Yangihayot tumanida 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8-fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani Yangi Sergeli koʻchasidagi “Index” bozor hududida 2002-yilda tugʻilgan B.X. boshqaruvidagi “Lacetti”, 1984-yilda tugʻilgan S.M. boshqaruvidagi “Lacetti”, 1998-yilda tugʻilgan B.Q. boshqaruvidagi BYD, 2001-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi “Spark” hamda 1998-yilda tugʻilgan I.M. boshqaruvidagi BYD rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashuvi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Bildirilishicha, hodisaga “Lacetti” haydovchisi – 2002-yilda tugʻilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotgani sabab boʻlgan. Oqibatda “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi 2001-yilda tugʻilgan A.E. va yoʻlovchisi 2000-yilda tugʻilgan F.U. ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring