Toshkentda mast erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida “uchastkovoy” pichoqlanganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, 14-aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal boʻlayotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelishgan.
Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik koʻrsatib, profilaktika inspektorlaridan birining koʻkrak qafasiga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring