Toshkentda magnitudasi 6,5 va undan yuqori balli zilzilalar sodir boʻlish xavfi bor
Illyustrativ foto
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Kuchli zilzilalar taʼsirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modeli ishlab chiqildi.
Olimlarimiz yaratgan ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qarorida keltirilgan vazifalardan biridir.
Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori boʻlgan zonada joylashgan boʻlib, hududda magnitudasi M≤6,5 boʻlgan zilzilalar sodir boʻlish xavfi bor. Tarixiy va instrumental maʼlumotlar bazasiga koʻra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966-yillari magnitudasi М=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi boʻyicha 7, 8, 9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek 1980-yilda magnitudasi M=5.5 boʻlgan seysmik jadalligi 8 ballga teng Nazarbek zilzilasi sodir boʻlgan.
Toshkent shahar hududini janubiy gʻarb yoʻnalishida kesib oʻtuvchi Karjantou tektonik yer yorigʻi doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir boʻlib kelmoqda. Albatta, sodir boʻlishi muqarrar boʻlgan 7,8 va 9 ballik kuchli zilzilalar shaharga iqtisodiy talafotlar yetkazgan.
Soʻnggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir boʻlayotgan kuchli zilzilalar yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni taʼminlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda.
Loyihani amaliyotga tatbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalari asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan similyatsion modeli ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring