Toshkentda «Lasetti» haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib beton simyogʻochga urildi
bu haqda YHXBB xabar berdi. Xabarga koʻra, joriy yilning 30-iyun kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent halqa yoʻli, Turkiston kafesi qarshisida haydovchi «Lasetti» rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlagidan oʻtayotgan piyodalarni urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan. Keskin burilish oqibatida avtomobil avval piyodalar belgisiga va beton simyogʻochga borib urilgan. Beton simyogʻochning parchalari yoʻlning narigi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Spark» rusumli avtomobilga tekkan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring