Toshkentda “Lacetti” yonib ketdi

18:14 22 Aprel 2025 Jamiyat
135 0

Foto: Toshkent FVB

Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Lacetti” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22-aprel kuni soat 15:01 da Yunusobod tumani Yangishahar koʻchasida yuz bergan.

Shahar FVBga kelib tushgan tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:06 da yetib borib, yongʻinni soat 15:09 da toʻliq oʻchirgan.

“Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер