Toshkentda kripto-aktivlar bilan noqonuniy shugʻullangan yana ikki yigit qamaldi
Toshkent shahrida kripto-aktivlar bilan noqonuniy ravishda muomala qilgan 26 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga poytaxt sudidagi manbasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 2024-yil 20-may kuni M.K.ning Toshkent shahar IIBBga qilgan murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda 1999-yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan X.M. “Binance” platformasida “Mikolemar” nomi ostida LG telefon apparatidan foydalanib noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgani aniqlangan.
Sud majlisida soʻralgan huquqbuzar X.M. kripto-aktivlar aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qilish kerakligidan xabari yoʻqligini bildirib, suddan oʻziga nisbatan jazo tayinlashda yengillik berishni soʻragan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2024-yil 12-iyundagi qaroriga koʻra, X.M. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155-4-moddasi 1-qismida (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Unga tegishli boʻlgan va ashyoviy dalil sifatida olingan LG Q-6 telefoni hamda bank plastik kartasi musodara etilib, tegishli tartibda yoʻq qilinishi belgilangan.
Shuningdek, sud qarori bilan X.M. hisobidan qamoqni har bir kuni uchun qabul qilish muassasasi foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, yaʼni 510 ming soʻm undirilolishi belgilangan.
Kun.uz'ning xabar berishicha, Chilonzor tuman sudining 10-iyundagi qarori bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 20 yoshli D.X. ham MJtKning 155-4-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 3 kun maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Nashrning Oliy sudning interaktiv xizmatlari portalida eʼlon qilingan sud qarorlariga tayanib qoʻshimcha qilishicha, soʻnggi 1 haftada respublikada kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzishga doir yettita ish koʻrilgan. Ularning ikkitasida huquqbuzarlarga nisbatan 6,8 mln soʻmdan jarima, qolganlariga maʼmuriy qamoq jazolari tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgan uchun 10 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring