Toshkentda konkur ustalarini ajoyib bahslar kutmoqda
Joriy yilning 20 — 23-aprel kunlari Toshkentdagi “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti klubida Jahon kubogi bosqichi doirasidan oʻrin olgan Yevrosiyo ligasi va Millatlar kubogi bosqichining navbatdagi bellashuvlari boʻlib oʻtadi.
Mintaqaning eng sara chavandozlari bahs olib boridigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham gʻoliblik uchun maydonga tushishadi.
Turnirlar davomida ishtirokchilar dastur yoʻnalishiga qarab balandligi 150 sm.gacha boʻlgan toʻsiqlardan oshishlari talab etiladi. Ot sporti ishqibozlarini bir-biridan qiziqarli bellashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz. Musobaqa dasturi bilan tanishing:
20-aprel:
16:00 dan 1-yoʻnalish (120 sm., toʻsiq balandligi), 2-yoʻnalish “Maxima masters Cup Eurasia” (140 sm.)
21-aprel:
10:00 – 3-yoʻnalish (130 sm.)
15:00 – musobaqaning ochilish marosimi (Jahon kubogi bosqichi doirasidagi Yevrosiyo ligasi)
16:00 – 4-yoʻnalish Yevrosiyo ligasi kubogining Gran-pri bosqichi (150 sm.)
22-aprel:
10:00 – 5-yoʻnalish Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi kubogi (130 sm.)
16:00 – 6-yoʻnalish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi (130 sm.)
23-aprel:
10:00 – 7-yoʻnalish “UNIVERSAL JUMPING” kubogi (120 sm. kattalar, 115 sm. bolalar)
15:00 – Ochilish marosimi (Millatlar kubogi bosqichi)
16:00 – 8-yoʻnalish “EURASIA TEAM CUP” (145 sm.)
18:00 – Yopilish marosimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring