Toshkentda komadagi bemorga jigar koʻchirib oʻtqazish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi
Foto: Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati
Toshkent viloyatida tugʻilgan 65 yoshli bemor bir necha yildan buyon jigar sirrozi, fibroz, asid, portal gipertenziya va qiziloʻngach venalarining varikoz kengayishi kabi ogʻir kasalliklar bilan kurashib kelgan. Bir qancha shifoxonalarda davolanganiga qaramay, bemorning ahvoli tobora yomonlashib, Milliy tibbiyot markaziga murojaat qilishga majbur boʻlgan.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati xabariga koʻra, markaz shifokorlari, jumladan, tajribali transplantolog Jasur Sobirov boshchiligidagi jamoa bemorni toʻliq tekshiruvdan oʻtkazib, unga jigar transplantatsiyasi zarurligi haqida qaror qabul qildilar. Biroq operatsiyaga tayyorgarlik jarayonida bemorning ahvoli keskin yomonlashib, ensefalopatiya sababli koma holatiga tushib qoldi.
Bunday hollarda jarrohlik amaliyoti oʻta xavfli hisoblanadi. Biroq Milliy tibbiyot markazi shifokorlari bemorning hayotini saqlab qolish uchun yuksak professionallik va jasorat bilan harakat qilishdi.
Jigar transplantatsiyasi uchun faol donor kerak boʻlgan va bemorning 25 yoshli qizi hech bir ikkilanmasdan onasi uchun donorlik qilishga qaror qildi. Bu nafaqat katta jasorat, balki insonparvarlikning yuksak namunasi edi.
Murakkab jarrohlik va moʻjizaviy natija
Shifokorlar bemor komada boʻlishiga qaramay, jigar transplantatsiyasini amalga oshirishga qaror qilishdi. Bir necha soat davom etgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazildi va bemorning hayotini saqlab qolishga muvaffaq boʻlishdi.
Eng hayratlanarli jihati – bemor bir sutka ichida oʻziga keldi va hayotga qaytdi.
Aytish kerakki, bunday noyob holatlar tibbiyotda kamdan-kam uchraydi. Milliy tibbiyot markazi shifokorlari esa oʻzining yuqori malakasi, tajribasi va tezkorligi bilan qiyin vaziyatlarda ham insonlarga hayot sovgʻa qilishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring