Toshkentda kofe va choy festivali boʻlib oʻtadi
12-14-may kunlari Toshkent shahridagi “NEXT MALL SKM” xiyobonida ikkinchi “Qahva va choy-2022” festivali boʻlib oʻtadi.
Tashkiliy qoʻmita xabariga koʻra, festival mehmonlari qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklarini tatib koʻrishi mumkin boʻladi.
“Tea&Coffee Expo” koʻrgazmasida Oʻzbekistonning eng yaxshi qahva qovuruvchilaridan qahva donalarini xarid qilsa boʻladi. Festival sohaning barcha yangiliklarini taqdim etib, qahva va choy damlash uchun aksessuarlarni ham namoyish etadi.
Bundan tashqari asal, murabbolar va hunarmandchilik asarlari koʻrgazma-yarmarkalari tashkil qilinadi.
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa oʻz qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishi mumkin.
Dasturdan seminarlar, maʼruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi toʻgʻrisida davra suhbati va boshqa koʻplab tadbirlar oʻrin olgan.
Festivalning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda qahva va choy isteʼmol qilish madaniyatini rivojlantirish, sogʻlom hayot tarzini targʻib qilishdir.
Festival doirasida baristalar va barmenlar oʻrtasida chempionat oʻtkazish rejalashtirilgan. Gʻalaba qozongan barista Italiyada boʻlib oʻtadigan chempionatga yoʻllanma oladi.
Festival doirasida Oʻzbekiston yoga federatsiyasi tomonidan ochiq yoga mashgʻulotlari va mahorat darslar oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring