Toshkentda “Kelajak uchun suvni asrang” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan 28-iyul kuni Toshkent markaziy Ekobogʻida “Kelajak uchun suvni asrang” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda vazirlik va idoralar, OAV vakillari, blogerlar, suv tejovchi texnologiyalar butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilar va pudratchi korxonalar, klaster va fermer xoʻjaliklari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbirda suv resurslari kamayib borayotgan sharoitda suvdan tejamli va samarali foydalanishdagi, Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kredit olish shartlari, “Suvchilar maktabi” faoliyati, Suvdan samarali foydalanishda masʼuliyatni oshirish va jamoatchilik eʼtiborini qaratish kabi masalalar muhokama etildi.
Dastlab, Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Rustam Qarshiyev soʻzga chiqib, Bugungi kunga qadar jami 473,5 ming gektar maydonda tomchilatib, 44,7 ming gektarda yomgʻirlatib, 18,0 ming gektarda diskret, 133,9 ming gektar maydonda boshqa suv tejovchi sugʻorish tizimlari joriy qilindi hamda 569,0 ming gektar ekin maydonlarida lazer uskunasi yordamida tekislash amalga oshirilib, natijada ularning koʻrsatkichi 1,2 mln. gektarga yoki umumiy maydonga nisbatan 28 foizga yetkazildi va shu tariqa mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligi yil sayin ortib bormoqda.
Xalqaro ekspert va tashkilotlarning fikricha, Oʻzbekiston nisbatan qisqa vaqt ichida sugʻorish suvidan tejamkorlik bilan foydalanish borasida sezilarli natijalarga erishilgani haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar suv resurslarining qadri va qiymati yil sayin oshib borayotgani, suvdan foydalanish madaniyatini tezroq oʻzgartirmasak va suvni tejashga toʻliq oʻtmasak obi hayot tanqisligiga duch kelishimizni, shu bois targʻibot tadbirlari oʻtkazilayotganini taʼkidlashdi.
Ishtirokchilar suvni tejash haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar va tadbir qiziqari oʻtdi.»
“Suvchilar maktabi” oʻquv kursi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Suv xoʻjaligi vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va “Agrobank” ATB tomonidan tashkil etildi. Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻz faoliyatini olib borayotgan fermer xoʻjaliklari rahbar va suvchilari hamda suv xoʻjaligi xodimlari bugungi kunda oʻz sohalarida qoʻllanilayotgan innovatsion texnologiyalar, sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy etilayotgan yangi bilim va koʻnikmalarni egallagan holda, oʻz faoliyatlarini takomillashtirib, suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishlari oʻquv kursining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Darslar 5 nafar mahalliy va 15 nafar turkiyalik mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar 60 mingta fermerlar, 4 mingta maxsus xizmat (miroblar), mingta bank xodimlari oʻqishga jalb qilindi. 84 ta tumanda 24 425 ta tinglovchi oʻqitildi. Darslarda roʻyxatdan oʻtib, tekin ishtirok etish mumkin.», deydi Suv loyihalari markazi direktor oʻrinbosari, Muzaffar Hayitboyev.
“Men ona zaminimga kelganimdan mamnunman, deya soʻz boshladi turkiyalik mutaxassis Mavlud Ayden. Bilasizmi, Turkiyadan suv muammosi mavjud. Qishloq xoʻjaligida suvdan toʻgʻri foydalanish, uni maydonlarga teng taqsimlash va hosildorlikni oshirish uchun eng yaxshi samara beradigan usul bu – suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishdir. Turkiyada ham mana shunday texnikalardan bir necha yillardan beri foydalanib kelinadi va allaqachon amaliyotda yaxshi natijalar bilan oʻzini oqlagan. Faqat buni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va qanday foydalanishni bilsa bas. Siz hech oʻylab koʻrganmisiz, muzlatgichdagi barcha oziq-ovqat mahsulotlaringiz, kiyimlaringiz, foydalanayotgan texnika-texnologiyalaringiz ham suvga bogʻliqligini. Aslida, bularni ishlab chiqarish uchun kattagi suv ishlatiladi. Demak, suv boʻlmasa, hayot barcha sohada toʻxtab qoladi. Shuning uchun biz bugun mavjud neʼmatni iloji boricha asrab qolish va undan toʻgʻri foydalanishimiz kerak”.
“2019-yilda maydonlarimga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatganman. Amaliyotda natijasi koʻryapman, juda yaxshi. Ayniqsa, bizning viloyatda suv muammo, texnika orqali suv yoʻq maydonlarga ham ekin ekib, hosil olyapmiz. Texnologiyani bizga “Omad start” MCHJ oʻrnatib berdi. Mahalliy oʻzimizda ishlab chiqariladi, mahsulotlari sifatli va arzon ekan” Mana 4 yildan beri hech qanday muammo boʻlgani yoʻq”, deya oʻz tajribasi bilan Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Feruzbek Abdusamad” fermer xoʻjaligi rahbari Raʼno Jonquvatova.
2017-yilda tashkil yetilgan “OMAD START” MCHJ 2019-yildan suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish sohasida keng qamrovli ishlarni amalga oshira boshladi. “OMAD START” tomonidan 2021-yil qariyb 20 000 gektar yer maydonlariga tomchilab va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari joriy qilingan. Joriy yilda yesa 30 000 gektardan ortiq yer maydonlariga xuddi shunday texnologiyalarni joriy yetish rejalashtirilgan. Bu borada fermer xoʻjaliklari va klasterlar bilan shartnomalar ham imzolangan.
Tadbir homiysi:
“OMAD START” MCHJ jahon andozalari darajasida qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha Oʻzbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan korxonalardan biri hisoblanadi. Xususan, tomchilatib sugʻorish uskunalarini yetkazib berish, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish korxona faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Tomchilatib sugʻorishda suv toʻgʻridan-toʻgʻri madaniy oʻsimliklar va ekinlarning ildiz qismiga tomizgʻichli dispenserlar yordamida tartibga solinadigan kichik miqdorda yetkazib beriladi. Suv va boshqa resurslarni (oʻgʻitlar, mehnat xarajatlari, energiya va quvurlar) sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Shuningdek, bu sugʻorish usuli erta hosil olish, tuproq eroziyasining oldini olish, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalish ehtimolini kamaytiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring