Toshkentda yirik tikuvchilik korxonasi yonib ketdi
Foto: FVV
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, bugun, 18-sentyabr kuni soat 10:01 da Uchtepa tumani Almoniy koʻchasida joylashgan tikuvchilik korxonasida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 10:05 da yetib borib, yongʻin soat 10:17 da qurshab olinib, soat 10:31 da batamom oʻchirildi.
Manbaga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan yoki vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni soʻrab qoladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bugun tonggi soat 07:28 da Olmazor tumani Usta Shirin koʻchasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida ham yongʻin sodir boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring