Toshkentda yirik investitsiya forumi oʻtkaziladi
Joriy yil 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) boʻlib oʻtadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga koʻra, TXIF nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Anʼanaga muvofiq, dasturga yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvi, jumladan munozara, davra suhbati va B2B muzokaralar kiritilgan.
Har bir ishtirokchi hamkorlar bilan manfaat kesishadigan nuqtalarni topishi, muayyan investitsiya loyihalarini oʻrganishi, oʻnlab yoʻnalishlarda roʻy berayotgan soʻnggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin.
Kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik sharoitida barqaror oʻsish surʼatini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoda haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan mamlakatimizning salohiyatini namoyon etish alohida oʻrin egallagan. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoit – salmoqli imtiyoz va preferensiyalar, investorlar huquqi kafolatli himoyalangani sarmoyadorlar qiziqishini oshirmoqda.
Qayd etish kerak, yil sayin forum miqyosi va geografiyasi kengaymoqda. Ilk anjuman – TXIF-2022 56 davlatdan 2 mingdan ziyod yirik investor va yuqori martabali mehmonni, TXIF-2023 esa 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamlagan. Oxirgi tadbirda 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolangan. 2024-yil Toshkent sayyoramizning barcha qitʼalaridan yanada koʻproq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilyapti.
Forumda qatnashish uchun www.iift.uz sayti orqali joriy yil 25-aprelgacha onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring