Toshkentda issiq suv taʼminotining yangi taʼriflari eʼlon qilindi
 
                Illyustrativ foto
Toshkent shahri hokimining 2025-yil 27-oktyabrdagi qaroriga asosan, “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi tomonidan koʻrsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.
“Veolia Energy Tashkent” matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu tariflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqilgan.
Hujjatga koʻra, 2025-yil 12-noyabrdan boshlab quyidagi tariflar (QQSsiz) belgilandi:
• Bazaviy tarif — 711 641 soʻm/Gkal;
• Aholi uchun — 139 860 soʻm/Gkal;
• Byudjet tashkilotlari uchun — 952 797 soʻm/Gkal;
• Yuridik shaxslar uchun — 342 296 soʻm/Gkal.

Qayd etilishicha, davlat tomonidan joriy etilgan subsidiyalash mexanizmi tufayli poytaxt aholisi issiqlik energiyasining toʻliq qiymatini toʻlamaydi, balki xarajatlarning taxminan 80 foizi mahalliy byudjet hisobidan qoplanadi.
Tariflar Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tizim mutaxassisi tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik maʼlumotlar asosida tasdiqlangan.
Mablagʻlar faqatgina issiqlik va issiq suv bilan taʼminlash, shuningdek, poytaxt issiqlik taʼminoti infratuzilmasini taʼmirlash va yangilash ishlariga yoʻnaltiriladi.
2025–2026-yillar isitish mavsumlariga tayyorgarlik va modernizatsiya dasturi doirasida kompaniya quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda:
• 474,13 km eskirgan tarmoqlarni joriy taʼmirlash;
• 73,5 km issiqlik tarmoqlarini yangilash;
• 21,34 km issiqlik izolyatsiyasini tiklash;
• 23 ta mahalliy qozonxona va 13 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish;
• 669 ta klapan va 345 ta kompensatorni almashtirish.
Keltirilishicha, ushbu ishlar issiqlik taʼminoti tizimining ishonchliligini oshirish, issiqlik yoʻqotishlarini kamaytirish va issiq suv parametrlarini barqarorlashtirishga qaratilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida issiqlik yoʻqotishlari 44 foizdan 33,4 foizgacha kamaydi, natijada isitish tizimi barqarorroq va samaraliroq boʻldi.
“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi bosqichma-bosqich yopiq issiqlik taʼminoti tizimiga oʻtish loyihasini amalga oshirmoqda, bu esa quyidagilarga imkon beradi:
• issiq suv rangining oʻzgarish holatlarining oldini olish;
• energiya samaradorligini oshirish;
• poytaxtni barqaror va ishonchli issiqlik bilan taʼminlash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring