Oʻzbekistonda Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 27-mart kuni “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni [PF-63-son] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi.
Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2025-yil 1-iyuldan aholi uy-joylarining energiya auditini oʻtkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun agentlik tomonidan subsidiya ajratiladi.
2025-yil 1-sentyabrgacha Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi ishga tushiriladi.
Agentlik huzurida byudjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2025-yil 1-oktyabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlari joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring