Toshkentda “Green Art” xalqaro landshaft san’ati ekofestivali davom etmoqda
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Avval xabar berilganidek, shu yilning 27-29 aprel kunlari Toshkent shahrida “Green Art” xalqaro landshaft san’ati ekofestivali o‘tkazilmoqda.
Tadbirning ikkinchi kuni mamlakatimiz, Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining arxitektura va qurilish, ekologiya, tibbiyot yo‘nalishlarida ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirokida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Armanistondan tashrif buyurgan landshaft arxitekturasi bo‘yicha malakali mutaxassis Kristina Vardanyan, Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida ilmiy izlanishlar olib borayotgan, o‘zbekistonlik ekolog olim Temur Yunusov tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahalliy iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar ekish, yashil xiyobonlarni ko‘paytirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish kabi qiziqarli mavzularda o‘zaro bahs-munozaralar uyushtirildi.

-O‘zbekistonning tabiati, iqlimi muqobil energiya manbalaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligiga yangi g‘oya va texnologiyalarni keng jalb etishda juda ham qo‘l keladi,-deydi ekolog olim Temur Yunusov. – Bu borada keyingi yillarda yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik barqarorlikni ta’minlash, qishloq xo‘jaligini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish singari yo‘nalishlarda olib borilayotgan sa’y-harakatlar e’tiborga sazovordir.

Tadbir doirasida ertaga talabalar ishtirokida yoshlar forumi hamda konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.





Botir MADIYOROV, (“Xalq so‘zi”).
Foto: Hasan PAYDOYEV, (“Xalq so‘zi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring