Braziliyada narkomafiyaga qarshi reydda kamida 130 kishi halok boʻldi — mamlakat tarixidagi eng qonli operatsiya deb baholanmoqda
RBC xabariga koʻra, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkazilgan maxsus politsiya amaliyoti chogʻida kamida 130 kishi halok boʻlgan. Xorijiy OAV bu voqeani “mamlakat tarixidagi eng qonli operatsiya” deb atadi.
28-oktyabr, seshanba kuni politsiya “Tazyiq” nomli reydni Rio-de-Janeyroning shimoliy tumanida oʻtkazgan. Amaliyotga 2,5 mingga yaqin xavfsizlik xodimi jalb etilgan. Maqsad — bir necha favelalarda giyohvandlik savdosini nazorat qiluvchi “Comando Vermelho” toʻdasining hududiy taʼsirini cheklash boʻlgan. Natijada 81 kishi qoʻlga olingan, 93 ta miltiq musodara qilingan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 64 kishi halok boʻlgan, ularning toʻrt nafari politsiyachi. Biroq 29-oktyabr, chorshanba kuni mahalliy aholi San-Lukas maydoniga kamida 72 kishining jasadini olib kelib, ularni yaqinlari tomonidan tanib olish uchun qoʻygan. Bosh vazir apparati maʼlum qilishicha, bu jasadlar rasmiy statistikaga kiritilmagan, shuning uchun maxsus tergov oʻtkaziladi.
Shuningdek, bu keng koʻlamli politsiya amaliyoti BMTning iqlim boʻyicha COP30 sammitiga tayyorgarlik doirasidagi xalqaro tadbirlardan bir necha kun oldin oʻtkazilganini taʼkidlash lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring