Toshkentda yerusti halqa metro liniyasi faoliyati qayta tiklandi
Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabariga koʻra, 1-noyabrdan boshlab yerusti halqa metro liniyasi yana oʻz ishini boshladi.
Maʼlum qilinishicha, bugun tongdan boshlab yoʻnalish toʻliq ishga tushirildi va hozirda ushbu yoʻnalishda 7 daqiqalik oraliq bilan 12 ta poyezd qatnamoqda.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yoʻnalishda poyezdlar harakati bir necha oy davom etgan rejalashtirilgan profilaktika taʼmiri sabab toʻxtatilgan edi. Taʼmirlash jarayonida keng qamrovli tekshiruvlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring