Toshkentda dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Toshkent shahri markazida joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabi hududida dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Dzyudo sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 286-sonli qaror hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida barpo etildi.

Sport zali “Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurilgan boʻlib, mamlakatda dzyudo sportini ommalashtirishga qaratilgan 16-inshoot hisoblanadi. 40x26 metr oʻlchamdagi zamonaviy zalda 4 ta tatami gilami, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida kiyinish xonalari, murabbiylar xonasi va dzyudo sport klubining ofisi joylashgan. Zalda kuniga 500 nafargacha sportchi shugʻullanishi mumkin.
Yangi sport zali bolalar va yoshlar orasida dzyudo sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda yosh avlodni sportga keng jalb etishga xizmat qiladi.



























Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring