Toshkentda sambo va kurash boʻyicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab oʻldirildi
Arxiv surat
Toshkentda sambo va kurash boʻyicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov boshqa bir sportchi tomonidan pichoqlab oʻldirildi.
Toshkent shahrida qashqadaryolik kurash jahon chempioni 29 yoshli Kamoliddin Rasulov boshqa bir chempion yigit tomonidan pichoqlab, oʻldirilgan. Ushbu maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi ham tasdiqladi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining bergan maʼlumotiga koʻra, 13-sentyabr kuni soat 21:30 da fuqaro Sh. T. tanishi Kamoliddin Rasulovga qoʻngʻiroq qilib, undan xarid qilib olgan vitaminni tavsiyasiga koʻra isteʼmol qilgani natijasida sogʻligʻi yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yoʻqligini bildirganini aytib, uni uyi oldiga chaqirgan.
Ular koʻrishgach, oʻzaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichogʻi bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan oʻldirgan.
Ayni paytda Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Kamoliddin Rasulov 2012-yil sambo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionatida gʻolib chiqqan edi.
Kamoliddin Rasulov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzod sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi edi.
U 2019-yilgi Toshkent Gran-pri turnirining kumush medali sovrindori boʻlgan. Kamoliddin Rasulov kecha eʼlon qilingan IJF reytingining -81 kg vazn toifasida 34-oʻrinni egallab turgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring