Toshkentda “Cobalt” bilan toʻqnashgan “Lacetti” yonib ketdi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Cobalt” bilan toʻqnashgan “Lacetti” butunlay yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 21-oktyabr kuni soat 00:10 da Chilonzor tumani Bunyodkor shohkoʻchasida “Lacetti” va “Cobalt” avtomashinalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. YTHdan soʻng, “Lacetti” avtomashinasida yongʻin yuzaga kelgan.
Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari voqea sodir boʻlgan joyga 00:22 da yetib borib, yongʻin soat 00:29 da oʻchirilgan.
YHXB YTH oqibatida “Cobalt” yoʻlovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilganini maʼlum qildi. FVB esa yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻqligini bildirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring