Toshkentda chiqindilarni toʻplash uchun maxsus shtab tashkil etildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida “Toza hudud” va “Toza poytaxt” loyihalari doirasida maxsus shtab ish boshladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shaharning har bir tumanida kuzgi xazonrezgilik mavsumi davomida chiqindilarni oʻz vaqtida toʻplash va olib chiqib ketish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus shtab faoliyat boshladi.
Taʼkidlanishicha, shtabning asosiy vazifasi — shaharda qulay, ozoda va sogʻlom muhitni taʼminlashdir.
Shtab tarkibiga:
• Toshkent shahar hokimligi,
• Bosh prokuratura,
• Ekologiya vazirligi,
• Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
• Ichki ishlar vazirligi,
• Milliy gvardiya va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari jalb etilgan.
“Agar siz yashaydigan hududda chiqindilar toʻplanib qolgan boʻlsa, Xalq nazorati portalining “Toza shahar” va “Toza hudud” boʻlimlarida murojaat qoldiring. Har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar koʻriladi”, deya hudud aholisiga murojaat qilgan hokimlik.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Chiqindilarni boshqarish agentligining vazifalari belgilangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring