Toshkentda boshqaruvni yoʻqotgan “Cobalt” YTHga uchradi
Foto: YHXB
Toshkent shahrida boshqaruvni yoʻqotgan “Cobalt” YTHga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 16-sentyabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida sodir boʻlgan.
Manbaga koʻra, 1991-yilda tugʻilgan D.A. oq rangli “Cobalt” avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urilib aylanib ketgan. Oqibatda u oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan, 1997-yilda tugʻilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang “Cobalt”ga urilgan.
Hodisa oqibatida oq rangli “Cobalt” haydovchisi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring