Toshkentda bir nechta fuqarolar oʻt oʻchirish moslamasini yoqib, portlatdi

00:15 02 Yanvar 2022 Jamiyat
979 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasi oldida oʻt oʻchirish moslamasini yoqib, uning portlashi natijasida odamlar jarohatlangani haqida maʼlumotlar va videotasvirlar tarqalmoqda.

Maʼlum qilamizki, joriy yilning 1-yanvar kuni tungi soat 00.45 larda Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Qoratosh” koʻchasi avtoqatnov yoʻlida bayram bahonasi bilan aholi yigʻilib, bir nechta fuqarolar avtoyoʻlni ajratib turuvchi toʻsiqqa mushakbozlik qilish maqsadida qoʻlbola usulda yasalgan “oʻt oʻchirish” moslamasini joylashtirib, tagidan olov yoqishi oqibatida moslama chaqnashi kuzatilgan.

Natijada, mushakbozlikni telefon kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997-yilda tugʻilgan M.S. (Tashxis: qorin yumshoq toʻqimalari lat yeyishi), 1999-yilda tugʻilgan M.A. (Tashxis: oʻng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006-yilda tugʻilgan X.N. (Tashxis: oʻng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notoʻliq amputatsiyasi) turli koʻrinishdagi jarohat olgan.

Hozirda, holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan shaxslarni aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarimizga, dam olish kunlari farzandlarimizni va yaqinlarimizni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini nazorat qilish naqadar muhimligini eslatib oʻtamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?